Akademiyadan yangicha kuch bilan qaytdik

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Lider kim? U boshqalardan qanday jihatlari bilan ajralib turishi kerak? Samarqandda tashkil etilgan “Kelajak liderlari” klubi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erisha oladimi? 11-13-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da tashkil etilgan kvest-treningda ushbu mavzu asosiy diqqat-markazda bo‘ldi. Tadbir doirasida mahorat mashg‘ulotlari va master-klaslar o‘tkazildi.

Qisqa muddatli malaka oshirish treningida tumanimizdan vakil sifatida qatnashdik. Dastlab, Davlat boshqaruvi akademiyasida Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Qahramon Qur’onboyevdan nazariy bilimlar asosida saboq oldik. Shuningdek, jamiyatshunos olim Mansur Bekmurodov fazilatli rahbar hislatlari haqida dars o‘tdi.

Shundan so‘ng asosiy tadbirlar Bo‘stonliq tumaniga ko‘chdi. Biz uchun ayniqsa, “Jamoani shakllantirish”, “Strategiya tuzish”, “Taym-management” mavzularidagi darslar qiziqarli kechdi. O‘zimiz uchun hayot va faoliyatimiz davomida asqotishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga, jamoani boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘ldik.

Bundan tashqari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanov, Davlat xizmatchilari malakasini oshirish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Karimov hamda Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining kadrlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Olimov biz bilan yakka tartibda suhbat qildi. Ulardan katta motivatsiya oldik, desak mubolag‘a emas.

O‘tkazilgan trening va mahorat darslari kelajak uchun investitsiya hisoblanadi. Endigi vazifamiz intellektual sarmoya to‘g‘ri yo‘naltirilganini isbotlash, bildirilgan ishonchni oqlashdan iborat.

Qudrat MIRZAYEV, anjuman ishtirokchisi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM