Ayollar sog‘lig‘ini tiklash uchun qariyb 90 million so‘m ajratilgan

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”dan chiqarish hamda 2-sektor hududida amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” dasturi ijrosi muhokama etildi.

Joriy yilning 28 aprel kuni “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingandi. Unga ko‘ra, ijtimoiy turmush sharoiti og‘ir xotin-qizlar va 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun qator imkoniyatlar berilishi belgilandi. Qarorning tumandagi ijrosi yuzasidan aksiyadorlik tijorat “Agrobank”, “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” filiallari hamda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbarlari hisobot berdi.

Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Umarov so‘zga chiqib, tibbiy muammosi sabab “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordam xususida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu toifadagi 335 nafar ayollar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ularga 9 ta oilaviy shifokor punktlaridan vakil biriktirilgan. Og‘ir va surunkali xastalikka chalingan 3 nafar xotin-qizlar respublika ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida, 39 nafari viloyat, 293 nafari tuman shifoxonasida sog‘lig‘ini tiklashi belgilangan. Shundan bir nafarida bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan, 247 nafari ambulator, 65 nafari stasionar sharoitda davolangan.

Davolash-profilaktika ishlari uchun tuman tibbiyot birlashmasi hisobidan 88 million 357 ming so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.

Sessiya o‘z ishi davomida mahalliy byudjet daromadlarining sarflanishiga doir masala yuzasidan ham qaror qabul qildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM