Dinora va Nozanin "Nihol"ga da'vogarlik qilmoqda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Samarqandda "Nihol-2021" tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Tadbirda 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘z iste’dodlarini tajribali ustozlar, muxlislar qarshisida namoyish etishdi.

Tanlov san’atga rag‘bati bor yoshlarni muntazam rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda 5 naminasiya bo‘yicha saralash bosqichidan o‘tgan 16 ta tuman-shahar vakillari qatnashdi.

– Estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, opera ijrochiligi va raqs bo‘yicha viloyatning eng munosib iste’dodlari bahslashdi, – deydi tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i Shamsiddin Sulaymonov. – Jomboylik yoshlar iste’dodi ham ustoz san’atkorlar tomonidan yuqori baho oldi. Jumladan, Dinora Husainova hamda Nozanin Elbekova o‘z yo‘nalishida faxrli I o‘rinni egalladi. Har ikki qizimizga respublika bosqichida omad tilaymiz.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM