Xirmon donga to‘lmoqda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mavsum jadal sur’atda davom etyapti. Ayni kunlarda Nurobod tumanidan ham hasharchi mexanizatorlar yordamga kelishgan.

1-sektor hududidagi “Safar Qodirov yerlari” fermer xo‘jaligida ish qizg‘in. G‘allakorlar 10 gektar maydondan 36 tonna hosil olib, shartnomaviy rejani 142,8 foizga bajarishdi.

– Bu yil dehqon uchun chinakam barakali keldi, – deydi xo‘jalik rahbari Xolida Qodirova. – Har bir boshoqda 100-110 tagacha don pishdi. Gektaridan 50 sentnergacha hosil oldik. Ortgani ishchilarimiz uchun ham rizq bo‘ldi.

E’tiborlisi, g‘alladan bo‘shagan maydonlar “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga 30 sotixdan ajratib berildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, g‘alla hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olish uchun tumanimizda 24 ta otryad tuzilgan. Tarkibi tuman hokimligi vakillari, IIB, FVB hamda milliy gvardiya xodimlaridan iborat.

– Joriy mavsumda 20 ming 712 tonna tavar-don topshirish rejalashtirilgan, – deydi tuman g‘alla shtabi vakili Sherzod Bo‘riyev. – Ayni vaqtda 2 ming 713 gektar hosil o‘rib olindi. 7 ming 967 tonna bug‘doy hosili “Jomboy don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatiga shartnoma asosida sotildi. Kuniga o‘rta hisobda 1000­-1200 tonnadan o‘rib olyapmiz. 

Joylarda mavsum yumushlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda. 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM