Tanishing: Jomboy iftixorlari!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizdagi 40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining birvarakay 9 nafar bitiruvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi.

Avvalroq shu dargoh o‘quvchilari Dostonbek Islomov hamda Mirsharif Azimjonovning Toshkent shahridagi Puchon universitetiga imtihon topshirib, talaba bo‘lgani haqida xabar qilgandik.

Tengdoshlarining yutug‘idan ibrat olgan yana to‘qqiz nafar bitiruvchi bilimi va intilishini namoyon etdi.

Jumladan, Muhammadjon To‘xtamishov, Madina Ne’matova, Mohinur Turdiqulova, Mohinur Mo‘ydinova, Dilnura Quvondiqova, Beksulton Elbekov Toshkent shahridagi AKFA, Jahongirxon Rustamov, Hurshid Rajabov, Hikmatullaxon Abdullayev Sinergiya universitetiga o‘qishga kirdi. 

O‘quvchilarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, ularni muvaffaqiyat sari undagan ustozlardan, ota-onalardan minnatdormiz.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM