12х12 metr – muhim talab

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda ko‘p qavatli uylar, maktab, bog‘cha, savdo kompleksi kabi ijtimoiy ob’yektlar qurilyapti. Bunyodkorlik ishlari jarayonida yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilinishi muhim ahamiyatga ega.

Yong‘in xavfsizligi bo‘limi tomonidan quruvchi va sohaga mas’ul mutasaddilarga bu borada tushuntirish va targ‘ibot materiallari, tavsiya xatlari yetkazilmoqda.

Qayd etish joizki, yangi bino-inshootlarni qurishda, avvalo, oraliq masofa qoldirish, tanlangan yer maydonlari yuqori bosimli gaz quvuri yoki elektr liniyalarining muhofaza zonasida joylashmaganiga e’tibor qaratish zarur.

Loyihalashda evokuasiya rejasini inobatga olish, tom qismiga chiqish uchun zina va tashqi yong‘inga qarshi narvonlar o‘rnatish talab etiladi. Yerto‘ladan tashqariga chiqish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri zina mavjud bo‘lishi ham me’yordir.

Boshi berk ko‘cha oxirida yong‘in o‘chirish avtomobillari kerakli manyovrni bajara olishi uchun 12x12 metr hajmli maydoncha qoldirish maqsadga muvofiq.

Ko‘rsatib o‘tilgan talablar inobatga olinsa, turli noxush holatlarning oldi olinib, xalqimiz xavfsizligi ta’minlangan bo‘ladi.

Shohruh NE’MATOV,
tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi NTB boshlig‘i, katta leytenant.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM