Ko'payib borayotgan oilaviy ajrimlar, "Ayollar daftari"ning yangi bosqichi, 9-maktab uchun yangi direktor – sessiyasi xabarlari

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining 32-sessiyasi o‘tkazildi.

Kun tartibiga ko‘ra, “Ayollar daftari”ning ikkinchi bosqichiga kiritilgan xotin-qizlar ro‘yxati, hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash, “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori ijrosini ta’minlash, yosh oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish borasida mutasaddi tashkilotlar hamda mahalla raislari va o‘rinbosarlarining ma’suliyatini oshirish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari U.Mamatov, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sud raisi J.Fayzullaev so‘zga chiqdi.

Shuningdek, qurilish kompleksi rahbari H.Hamroev hududlardagi ko‘p kvartirali uy-joylardan foydalanish va saqlash borasidagi ishlarning borishi bo‘yicha axborot berdi.

Sessiya kun tartibida 9-umumta’lim maktabining bo‘shab qolgan direktorlik lavozimiga nomzodlarni saralash masalasi ham muhokama etildi. Qizg‘in munozaralardan so‘ng Dilafro‘z Obloqulova maktab direktori etib tasdiqlandi.

Sessiya bilan quyidagi link orqali batafsil tomosha qiling: https://www.facebook.com/jomboypress/videos/511301876776620

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM