Nomzodlarni o'qitish bo'yicha ikkinchi davra seminari boshlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Prezident sayloviga tayyorgarlik ishlari uyushqoqlik bilan davom etyapti. Uchastka saylov komissiyalarining rais, rais o'rinbosari va kotibligiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha o'quv-seminari tashkil etilgandi. Bugun tumanimizda mashg'ulotlarning ikkinchi davrasi boshlandi.

Viloyat hokimi maslahatchisi N.Ibragimov, tuman hokimi Q.Sobirov hamda sektor rahbarlari ishtirok etgan tadbirda maqsad va vazifalar haqida so'z yuritildi. Prezident sayloviga puxta hozirlik ko'rish, bunda e'tibor qaratish zarur bo'lgan jihatlar yuzasidan fikr almashildi.
 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM