272 nafar xotin-qizlarga 980 ming so‘mdan mablag‘ ajratildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Ayollar daftari”ning ikkinchi bosqichida ro‘yxatga olingan 2109 nafar xotin-qizlarning muommolarini hal etish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tumanimiz “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan, 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan hamda qaromog‘ida nogiron farzandi bor ayollarga moddiy yordam ajratildi.

– “Yo‘l xaritasi”ning 2-, 3-, 6-yo‘nalishlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 272 nafar opa-singillarimizga 980 ming so‘mdan bir martalik ko‘mak tarqatilmoqda, – deydi tuman hokimi maslahatchisi H.O‘sarova. – Buning uchun xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 266 million 560 ming so‘m ajratilgan. Bunda ijtimoiy adolat mezonlari hisobga olindi, moddiy yordam o‘z egasiga yetib borishi qat’iy nazoratga olindi.

Darhaqiqat, mablag‘lar sektor rahbarlari hamda shtab a’zolari tomonidan tarqatilyapti. Jumladan, 1-sektorda o‘tgan tadbirda “Ayollar daftari”ni shakllantirish hamda xotin-qizlar muommolarini hal etish yuzasidan tumanga biriktirilgan viloyat va respublika komissiyasi a’zolari, jamoaatchilik vakillari qatnashdi.

Tuman hokimi Q.Sobirov so‘zga chiqib, mamlakatimizda ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.

Tadbir davomida sektor hududida istiqomat qiluvchi 72 nafar ayollarga moddiy yordam pullari topirildi. Og‘ir xastalikka chalingan fuqarolar xonadoniga borib, ularning holidan xabar olindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM