Bolalar ijtimoiy adolatni tuyushi kerak

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida xayriya va saxovat tadbirlari davom etmoqda.

“Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmonida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga 500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilangandi. Ayni kunlarda tumanimizda istiqomat qilayotgan aholiga ushbu moddiy yordam pullari yetkazib berilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad mamlakatimiz bo‘ylab ehtiyojmand oilalarda tarbiyalanayotgan 128 ming nafar bolalarga o‘quv qurollari, kitob, kiyim-kechak xarid qilish imkoniyatini yaratishdan iborat.

– 1-sektor hududidagi 10 ta mahallada 119 ta oila “Temir daftar”ga kiritilgan, – deydi sektor kotibi X.Mardonov. – Bu oilalarda 258 nafar o‘quvchi istiqomat qiladi. Ularning har biriga 500 ming so‘mdan, jami 129 million so‘m bir martalik moddiy yordam puli berildi.

Tadbir doirasida hududdagi xotin-qizlar uchun “huquqiy maslahat” muloqot tadbiri tashkil etildi. Bunda 40 nafardan ortiq xotin-qizlarga tuman adliya bo‘limi va mutasaddi tashkilot mutaxassislari turli mavzularda maslahat va yo‘nalish berishdi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM