Tadbirkorlar bilan samimiy hamkorlik – burchimizdir

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mamlakatimizda faol tadbirkorlik muhitini shakllantirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan sanaladi. Bu ayniqsa, so‘nggi 4-5 yilda amalga oshirilgan islohotlar, yaratilgan imkoniyatlardan ham yaqqol sezildi. Shu davrda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar soni qariyb 3 baravarga oshgani fikrimiz tasdig‘idir.

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqoti bu boradagi ishlar ortga qaytmas jarayon ekanini, O‘zbekiston barqaror kelajakni erkin tadbirkorlik tamoyillari ustiga qurayotganini yana bir bor isbotladi.

Qayd etish joiz, davlat rahbari ishtirokidagi bunday uchrashuv ilk bor o‘tkazildi va unda o‘n mingga yaqin tadbirkor qatnashdi. Erkin muloqot, samimiy suhbat ruhida tashkil etilgani esa ishbilarmonlarga fikrini erkin bayon qilish imkonini berdi.

Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi muharriri Salim Doniyorovning savollariga javoblarini katta ishtiyoq bilan o‘qidik. E’tiborlisi, mazkur suhbat-maqolada ham iqtisodiy taraqqiyot, erkin biznes muhiti masalasiga qayta-qayta murojaat qilingan.

“Agar biz tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamasak, ularga sharoit yaratib bermasak, xususiy korxonalar sonini ko‘paytirmasak, shahar va tumanlarning mahalliy byudjeti nochor ahvolda qolaveradi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash – xalqimiz farovonligini oshirishning eng samarali yo‘li, Yangi O‘zbekistonni barpo etishning pirovard maqsadidir”, deydi Yurtboshimiz. Bu so‘zlar naqadar samimiy ekaniga ochiq muloqot davomida guvoh bo‘ldik.

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazishi e’lon qilingach, minglab murojaat, takliflar qabul qilindi. Aksariyati muloqotga qadar ijobiy yechim topdi. Davlatimiz rahbaridan ibrat olib, tumanimizda haftaning har dushanbasini tadbirkorlar bilan muloqot kuni etib belgiladik. Bugungi kungacha, ularning yuzdan ortiq murojaat va muammolari hal etildi. Qolaversa, o‘ziga xos tajriba sifatida Jomboy tadbirkorlari kengashini tuzganmiz. Bunda yirik ishbilarmonlar, eksportchi korxona rahbarlari, xususiy tadbirkorlardan iborat jamoa mas’ullar ishtirokida tadbirkorlik muhitiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni tahlil etishadi. Birgalikda yechim topiladi.

O‘rganishlar davomida tadbirkorlarni asosan, imtiyozli kredit olish, yer, logistika harajatlari bilan bog‘liq muammolar qiynab kelayotgani oydinlashdi. Quvonarlisi, ochiq muloqot davomida Prezidentimiz bu kabi muammolarga muqbol yechimlarni ham belgilab berdilar. Olaylik, tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan bozor tamoyillari asosida qo‘shimcha 600 million dollar ajratilishi tarixiy voqelik bo‘ldi.

Bunday ochiq muloqotlarni an’anaga aylantirib, har yili tashkil etilishi, 20 avgustni “Tadbirkorlar kuni” sifatida belgilanishi esa barchamizga bo‘ldi.

Qayd etish joizki, nufuzli tadbirda tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ham qatnashgani bizga faxr-iftixor bag‘ishlaydi. Davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalardan o‘zimiz uchun dastur tuzib oldik.

Qayum SOBIROV,
Jomboy tumani hokimi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM