Haqiqiy ijodkor yaratig‘i tarix oldida muhim

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida jomboylik ijodkor-ziyolilar sa’y-harakati bilan nashr etilgan “Yuragimdasan, Jomboy” hamda tuman hokimi Qayum Sobirovning “O‘zlikni izlab” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.

E’tiborlisi, har ikki to‘plam Toshkent shahridagi “Yangi kitob” nashriyoti tomonidan chop etilgan.

Jomboy tuman hokimligi ko‘magi bilan Yozuvchilar uyushmasi a’zolari hamda “Jomboy tongi” gazetasi ijodiy jamoasi tomonidan to‘plangan “Yuragimdasan, Jomboy” almanaxiga 50 nafardan ortiq publitsistlar, nosir va shoirlar ijodiy ishlari kiritilgan.

Ijod ahli istasa-istamasa, o‘zi yashagan jamiyat va davrning ma’lum bir parchasini yozganlarida aks ettiradi. O‘sha davr va odamlarining baxt-u iqbolsizligi, yutug‘-u kamchiliklari namoyon bo‘ladi. Shu jihat bilan ham haqiqiy ijodkor yaratig‘i tarix oldida muhim ahamiyatga ega.

Almanaxga kiritilgan asarlarni o‘qir ekansiz, jomboyliklarning yangi davrdagi ijtimoiy turmushi, o‘y-xayollari, ko‘ngil kechinmalari ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi.

“O‘zlikni izlab” kitobini esa zamonaviy didaktik asarlar sirasiga kiritish mumkin. Muallifning uchinchi kitobi hisoblangan ushbu to‘plamda hayot, jamiyat va inson motivlari haqida mulohaza yuritilgan.

Taqdimot davomida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Xosiyat Bobomurodova, taniqli shoira Zuhra Begim, adabiyotshunos olimlar Tolib Jo‘rayev, Erkin Musulmon o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM