“Umid” va  “Sadoqat” hamkorligi rivojlanib bormoqda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

10-sonli musiqa va san’at maktabida tumanimiz ijodkorlarini birlashtirgan “Umid” klubining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi. E’tiborlisi, bu safargi tadbir yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamda “Sadoqat” to‘garagi a’zolari ishtirokida tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Qayum Sobirov ishtirok etib, so‘zga chiqdi.

– Yetuk shoir va adiblar shunday davralarda charxlanib, kamolga yetadi, – dedi hokim. – Klubimizni qayta tiklaganimizga bir yil bo‘ldi. Shu qisqa fursat ichida a’zolarimiz soni yuz nafardan oshdi. Ijodiy to‘plamimiz nashr etildi. Eng asosiysi, viloyatimizdagi kayvoni to‘garak – “Sadoqat” bilan hamkorligimiz rivojlanib boryapti. Bundan buyon safimiz yanada kengayib borishi kerak.

Mashg‘ulot davomida yosh qalamkashlar ijodiy mashqlaridan ustozlarga o‘qib berishdi. Yutuq va kamchiliklari tahlil qilindi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hosiyat Bobomurodova, shoiralar Zuhra Eshonqulova, E’tibor Mahmudova, Hamida Karimova, Kubarro Bahramova ishtirokidagi suhbatlar yoshlar uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM