Qarzdornining mulki auksionga qo‘yildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Jinoyat ishlari bo‘yicha sud hukmiga ko‘ra, “Amilee Bahora xususiy bandlik agentligi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining mansabdor shaxslari T.J. va R.B. firibgarlikda aybli deb topilgan. Ular hisobidan 252 nafar fuqaroviy da’vogarlar foydasiga 3 milliard 837 million 660 ming so‘m moddiy zarar undirilishi belgilangan.

Ijro harakatlari davomida Samarqand shahar, Abul Mansur ko‘chasi, 8-yo‘lak, 1-uyda joylashgan 0001-liter, 0002-liter, 0003-literda binosi xatlanib, “E-ijro auksion” onlayn savdo maydonchasiga 871 million 749 ming so‘m boshlang‘ich bahosi bilan joylashtirilgan. Ammo auksion savdolarida xaridorlar tomonidan qiziqish bildirilmaganligi sababli mulk sotilmagan.

Keyingi auksion savdosi 15- noyabr 2021-yilga belgilandi. E-auksion.uz sayti yoki +998(71) 202 21-13 telefon raqami orqali qo‘shimcha ma’lumot olish mumkin.

Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM