Uzunovullik Iskandarovlar tajribasi ommalashishi kerak

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimi Qayum Sobirov Uzunovul qishlog‘ida bo‘lib, aholi xonadonlarida mavjud sharoitlar bilan tanishdi. Mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari, hokim yordamchisi bilan uyma-uy yurgan holda fuqarolar muammosi, fikr-takliflarini eshitdi.

Birinchi sektor bo‘ylab o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlardan maqsad, avvalo aholini tadbirkorlik va ishbilarmonlikka o‘rgatish, bu borada ular duch kelayotgan muammolarni aniqlash, bartaraf etishdan iboratdir.

Shu ma’noda aka-uka Iskandarovlarning xonadonida yaratilgan sharoitni tuman hokimi e’tirof etdi.

– Ushbu oila qishloq ahli orasida ham hurmat qozongan, – deydi mahalla raisi B.Shamsiyeva. – Ikki sotixdan iborat issiqxonada limon va uzum yetishtirishdan tashqari, o‘n boshga yaqin qoramol, ellikdan ortiq parranda, 30 quti asalari parvarishlashyapti. Yana ikki sotixga yaqin maydonda sun’iy hovuz tashkil qilib, baliqchilikni ham rivojlantirishmoqda. Oila ahil va mehnatkash bo‘lsa, kambag‘allikka o‘rin qolmasligini ushbu xonadon misolida ko‘rish mumkin.

Tuman hokimi Iskandarovlar tajribasini ommalashtirish yuzasidan taklif bildirdi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM