Fedchenkoda vaziyat jiddiy, lekin muammoga yechim bor

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarining afzalligi mavzuida amaliy seminar o‘tkazildi.

Tadbirda “Zarafshon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Jumayev hamda viloyat prokuraturasi mas’ullari Jamshid Turdimurodov, Rahim Hakimov so‘zga chiqdi. Suv tejash uskunalarining ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Jumladan, ushbu maqsadlar uchun davlat tomonidan subsidiya ajratish mexanizmi tushuntirildi.

– Zarafshon daryosining asosiy zahira manbai bo‘lgan Fedchenko muzliklarida vaziyat tashvishli, – dedi A.Jumayev. – Bu sug‘orish texnologiyalariga ilmiy yondashuvni talab etmoqda. Agar bugun harakat qilmasak, ertaga ekinlarimiz suvsiz qolishi muqarrar.

Turkiyaning “AgroBoss irrigation” kompaniyasi vakili  Baburkhan Shenol texnologiyaning ishlash mexanizmini amalda ko‘rsatdi. Bu borada ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini e’tirof etdi.

Ma’lumot uchun, 2022-yilda tumanimizda 1585 gektar maydon zamonaviy sug‘orish usuliga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM