Sektor rahbarlari axboroti, faoliyati qoniqarsiz baholangan hokim yordamchilari, kredit resurslaridan foydalanish samaradorligi – 60-sessiya tafsilotlari

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining oltmishinchi sessiyasi o‘tkazildi. “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi hamda 2022-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimi Q.Sobirov, tuman prokurori Jamshid Ahmedov axborot berdi. Shuningdek, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi yuzasidan xalq qabulxonasi sarhisobi muhokama etiladi.

Qayd etilishicha, 1-sektor hududida istiqomat qiluvchi 71 ta og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi oilalar ishchi guruh tomonidan qayta o‘rganilgan. Ularning daromad manbaini oshirish maqsadida 30 ta tikuv mashinkasi, 20 ta pishiriq pechi hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.

– Ayni vaqtda 115 ta oila “Temir daftar”da qolmoqda, – dedi 1-sektor rahbari Q.Sobirov. – Ularga ham moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish chorasi belgilangan. Yil yakuniga qadar ushbu oilalar hamda ularda yashovchi yurtdoshlarimiz to‘liq ish va doimiy daromad manbai bilan ta’minlanadi, muammolari hal etilgan holda “Temir daftar”dan chiqariladi. Bunda faqat davlat qaromog‘iga olinishi zarur bo‘lgan, nogironligi bor, mehnatga layoqatsiz shaxslargina “daftar”da saqlab qolinadi.

Sessiya davomida faoliyati qoniqarsiz baholangan hokim yordamchilari yo‘l qo‘ygan kamchiliklar tahlil qilindi. Ularga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Tuman hokimi o‘rinbosari Hilola Rahimova “Ayollar daftari”ning uchinchi bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar mavzuida hisobot berdi. Birinchi yarim yillikda aholiga ajratilgan imtiyozli kreditlar monitoringi muhokama qilindi. Tizimda qator muammolar, qonunbuzarliklar kuzatilayotgani sababli har bir hudud bo‘yicha ishchi guruh tuzildi. Kredit resurslaridan foydalanish samarasi deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilishi belgilandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM