Islom jaholat emas, ma’rifatga chaqiradi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimligida “Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbiri o‘tkazildi. Davra suhbatida mehnat faxriylari, ta’lim-tarbiya sohasi vakillari, yoshlar yetakchilari, faollar qatnashdi.

Tadbir avvalida diniy ekstremizm va aqidaparastlikning insoniyat boshiga keltirayotgan kulfatlari hamda giyohvandlik, psixotrop moddalar iste’mol qilishning og‘ir oqibatlari haqida hujjatli film namoyish etildi. Imom Buxoriy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Tohir Ibodullayev muqaddas dinimiz mohiyati, mamlakatimizda diniy ibodatlarni emin-erkin ado etish uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi.

Darhaqiqat, tumanimizda 7 ta jome masjidi barqaror faoliyat yuritayotgani, jomboylik yoshlar orasida poytaxtimizdagi Islom instutiti, xalqaro Islom akademiyasi kabi ma’rifat dargohlarida ilm olayotganlar ko‘pchilikni tashkil etishi fikrimiz tasdig‘idir. Shunday bag‘rikenglik diyorida istiqomat qilayotganimiz, tinch-osuda jamiyat vakili ekanimiz ulkan baxtdir.

Davra suhbatida uzoq yil halol mehnat qilib, aholi orasida katta hurmat qozongan nuroniylar, fidoyi yoshlar so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM