“Tashabbusli budjet”: 2-mavsumning 1-bosqichi yakunlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Joriy yilning 15-iyulidan “Ochiq budjet” axborot portalida 2-mavsum e’lon qilingandi. Tumanimiz aholisi ichimlik suvi ta’minoti, yoritish tizimi bilan bog‘liq kamchiliklar, yaroqsiz holatga kelib qolgan ichki yo‘llar yoki ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash, jihozlash mavzularida taklif bildirib, jarayonda faol ishtirok etishdi.

1-bosqich yakunida tumanimiz fuqarolar tomonidan “Ochiq budjet” axborot portaliga 167 ta taklif kelib tushdi.

Sohalar kesimida:

– Ichki yo‘llarni ta’mirlash va tunggi chiroqlar o‘rnatish bo‘yicha 82 ta loyiha;

– Umumta’lim maktablarini ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha 27 ta loyiha;

– Elektr ta’minotini yaxshilash (transformator almashtirish va qo‘shimcha o‘rnatish, yaroqsiz sim yog‘ochlarni yangilash) bo‘yicha 24 ta loyiha;

– Mahalla binolarini ta’mirlash va mahalla guzari qurish bo‘yicha 8 ta loyiha;

– Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha 7 ta loyiha;

– Sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha 5 ta loyiha;

– Boshqa ijtimoiy sohalar bo‘yicha 14 ta loyiha ilgari surildi.

2-bosqich jarayoni ishchi guruh tomonidan tizimli tashkil qilingan. Loyihalarni me’zon talablari asosida saralash va o‘rganish uchun tegishli mas’ullar biriktirilgan. Ushbu bosqich 23-avgustga qadar davom etib, ovoz berish jarayoniga 24-avgustdan start beriladi.

Tumanimiz aholisidan yanada faol kutamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +998 (66) 475 16-16

Muhammadjon SULAYMANOV,

moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM