Jomboy “Milliy reyting” yetakchilari safida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xabar qilganimizdek, Ishtixon tumanida “Ustozlar milliy forumi” o‘tkazilmoqda. Anjumanda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov o‘qituvchi va murabbiylarning obro‘yi va nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtaldi.

– Xalqimizda ustoz otangdek ulug‘, degan naql bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan e’zoz topsa, uning qalbida jonajon maktabiga, qadrdon ustozlariga bo‘lgan hurmati abadiy muhrlanadi. Hayot bor ekan, o‘qituvchilik kasbi o‘zining ma’no-mazmuni va oliyjanobligini va hurmatini hech qachon yo‘qotmaydi, – dedi viloyatimiz hokimi.

Shundan so‘ng xalq ta’limi tizimi bo‘yicha milliy reyting natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Jomboy barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi. Tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Zarifa Yusupova hamda basketbol bo‘yicha respublika musobaqasi g‘oliblarini tarbiyalagan 22-maktab o‘qituvchisi Sardor Gadoyev tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sohadagi uzoq yillik fodokorona mehnati uchun 56-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi xodimasi Aziza Mamatqulova kasaba uyushmalari federatsiyasi sovrini bilan mukofotlandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM