“Ochiq budjet”: G‘olib takliflar soni yana bittaga ko‘paydi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, iyul-sentabr oylarida o‘tkazilgan “Tashabbusli budjet” jarayonida 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalar ham moliyalashtiriladigan bo‘ldi. Tumanimiz bo‘yicha 1 milliard 128 million so‘m qo‘shimcha ajratildi.

Ushbu mablag‘ ovoz berish jarayonida 2145 ta ovoz bilan 5-o‘rinni egallagan “2-son davlat maktabgacha talim tashkilotini joriy ta’mirlash hamda jihozlash” taklifi uchun yo‘naltiriladi.

Qayd etish joizki, “Obod qishloq” dasturi doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar 2023-yildan boshlab faqat jamoatchilik fikri asosida – “Ochiq budjet” axborot portali orqali aniqlanadi.

Shuningdek, viloyat hokimligi budjetida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larning 30 foizi ham tumanlarda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar uchun yo‘naltiriladi.

Endilikda “Ochiq budjet” axborot portali orqali tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayonining birinchi mavsumi har yili fevral-mart oylarida, ikkinchi mavsumi iyun-iyul oylarida o‘tkaziladi. “Obod qishloq” dasturi doirasida keyingi yil uchun tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni noyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladi.

2023-yilga mo‘ljallangan dasturlar joriy yilning dekabr va 2023-yil yanvar oylarida aniqlanadi. Buning uchun kamida 8 milliad so‘m ajratilishi belgilangan.

Muhammadjon SULAYMONOV,
Moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM