Markaziy harbiy okrugning Forish tog‘ poligonida mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘in boshlandi.
Unda viloyat, tuman hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari bevosita harbiy xizmat muhitida ishtirok etishmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad mamlakat mudofaasini tashkil etish doirasida yuklatilgan vazifalar bajarilishining samaradorligini oshirishdan iborat.
Besh kun davom etadigan yig‘inda ishtirokchilar jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, harbiy-ma’muriy sektor faoliyati va Qurolli Kuchlarni rivojlantirishdagi roli bilan tanishishadi.
Shuningdek, aloqa, taktik-tibbiy, harbiy sport yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanadi. Eng muhimi, ishtirokchilar operativ safarbarlik, axloqiy-ruhiy, taktik tayyorgarlikdan o‘tish orqali zamonaviy armiyamizda olib borilayotgan islohotlardan atroflicha xabardor bo‘lib borishadi.
Yig‘inda tumanimiz hokimi Qayum Sobirov ham ishtirok etmoqda.