Axloq va tarbiyamiz qo‘riqchilari

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Jamiyatimizda, oila va mahallada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, yosh avlodni xalqimizning asriy an’analariga hurmat ruhida tarbiyalashda nuroniylarning o‘rni beqiyos. Ayni kunlarda o‘tayotgan “Keksalar turizm oyligi” davomida ushbu jihatga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizda ham turli davra suhbatlari, uchrashuv va bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, tuman hokimligi hamda mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamkorligida Ipak yo‘li” xalqaro turizm markaziga jomboylik otaxon-u, onaxonlarning sayohati tashkil etildi. Kun davomida “Boqiy shahar” majmuasi, zamonaviy maskanlar tomosha qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida “Nuroniylar maskani”da bir piyola choy ustida davra suhbati o‘tkazildi. Uzoq yillar turli yo‘nalishlarda mehnat qilgan faxriylar yosh avlod vakillariga maslahat va tavsiyalarini berishdi.

Shuningdek, tadbir doirasida tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan keksalar holidan ham xabar olindi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM