Bobolar ruhiga ta’zim

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Sarichashma mahallasi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi nishonlandi. “Bobolar ruhiga ta’zim” deb nomlangan nazm va navo tanlovida tumandagi barcha maktablardan kelgan ijodkor o‘quvchilar bellashishdi.

Tadbir avvalida tuman hokimi o‘rinbosari Jo‘rabek Rajabov so‘zga chiqib, ulug‘ mutafakkir va davlar arbobi ijodiga to‘xtaldi. Umuminsoniy g‘oyalar tarannumiga bag‘ishlangan g‘azal va ruboyilaridan misollar keltirdi. Ustoz ijodkorlar Hafiza O‘sarova, Yormuhammad Rustamov, Xo‘roz Abdusalomov hamda Shahlo Qo‘ziyeva hakamlar hay’ati sifatida o‘quvchilar chiqishi, ijodiy ishlarini baholab borishdi.

Dastlabki shatr bahrubayt tarzida o‘tdi. Bu bosqichda ishtirokchilar Navoiy g‘azallarini yodddan aytishdi. Ikkinchi shartda esa adabiy bahs tashkil etildi.

Shundan so‘ng, hakamlar hay’ati tomonidan eng ko‘p g‘azal yod olgan to‘rt nafar o‘quvchi go‘lib deb topildi. Ularga diplom va esdalik sovg‘alari, kitoblar jamlanmasi berildi.

Tadbirda yshlar ishlari agentligi rahbari Eldor Ma’rupov, “O‘zLiDeP” tuman kengashi raisi Zebo Yusupova, mehnat faxriylari Klara Komilova, Mavluda Mumtoz, Bibirajab Elbekova va qozog‘istonlik shoir, “Qo‘sh qanot” fondi direktori Eldor Tatiyev ishtirok etdi.

Ramiz SHERMATOV.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM