“Tashabbusli budjet”: Yangi mavsum boshlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Jarayonda barcha yurtdoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin. Yangilangan https://openbudget.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish, ijtimoiy muammolarni yozib, sur’atlar ilova qilish imkoni mavjud.

Masalan, hududdagi ichimlik suvi ta’minoti, yoritish tizimi bilan bog‘liq kamchiliklar, yaroqsiz holga kelib qolgan ichki yo‘llar yoki ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash, jihozlash hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha takliflaringiz bormi? O‘z tashabbusingizni ilgari suring.

Bildirilgan taklifning umumiy moliyalashtirish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobari (1 milliard 200 million so‘m)dan oshmasligi zarur.

Loyiha 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich. Fuqarolar tomonidan axborot portaliga loyiha takliflari joylashtiriladi. Bu jarayon 6-fevraldan 26-fevralgacha, ya’ni 20 kun davom etadi. Ushbu muddatda fuqarolarimiz faqat taklif kiritadi;

2-bosqich. Tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh 20 kun ichida, ya’ni 26-fevraldan 18-martgacha kelib tushgan takliflarni amaldagi me’zon talablari asosida saralaydi.

3-bosqich. Tanlab olingan takliflar “Ochiq budjet” axborot portaliga ovoz berish uchun joylashtiriladi. Ovoz berish jarayoni 18-martdan 7-aprelgacha – 20 kun davom etadi.

2023-yilning 1-mavsumi uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga 5 milliard 897 million 836 ming so‘m mablag‘lar jamg‘arilgan.

Muhammadjon SULAYMONOV,

moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM