Jomboylik pedagoglar Andijonda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Prezidentimiz Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida maktab o‘quvchilarini xorijiy tillar va kasb-hunarga o‘rgatish tarixiy zaruratga aylanganini ta’kidlagan edi.

Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda ta’lim tizimini mutlaqo yangicha, zamonaviy shaklda tashkil etish jarayoni davom etmoqda. Jumladan, uman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktabning o‘zida 64 xil ishchi kasblarga o‘rgatilishi rejalashtirilyapti.
Davlatimiz rahbari yaqinda Andijon tumanidagi 55-umumta’lim maktabida bo‘lib, yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Ta’lim dargohida yo‘lga qo‘yilgan tajriba yuqori baholandi.
Ushbu tajribani o‘rganish va tumanimiz maktablarida ham qo‘llash maqsadida bir guruh jomboylik pedagoglar Andijon viloyatiga jo‘nab ketishdi.
Maktabning bo‘sh turgan yerto‘lasi tadbirkorlarga ajratib berilgani, bu yerda yoshlarni kasbga yo‘naltirish yo‘lga qo‘yilgani e’tiborga molik. O‘quvchilar tikuvchilik, duradgorlik, qandolatchilik, kosibchilik, savat to‘qish, ko‘rpa-to‘shak tikish kabi hunarlar o‘rganishmoqda. Shuningdek, maktab hududida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash, tipografiya, kompyuter xizmati tashkil etilgan.
Tuman hokimi o‘rinbosari Jo‘rabek Rajabov boshchiligidagi delegatsiya andijonlik hamkasblari bilan muloqot o‘rnatib, hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan kelishib olishdi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM