75-sessiyada tashkiliy masalalar ko‘riladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining 75-sessiyasi 17-fevral, soat 14:00 ga chaqirildi.

Tadbirda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, tumanlararo iqtisodiy sud raisining odil sudlovni ta’minlashga oid axboroti eshitiladi.

Bundan tashqari, jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar, davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi, majburiy ijro byurosi faoliyati muhokama etiladi.

Maktabgacha taʼlim, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘lim boshliqlari faoliyat samaradorligi yuzasidan deputatlarga hisobot taqdim etishi ham ko‘zda tutilgan.

Sessiyada tuman hokimi o‘rinbosari lavozimiga oid tashkiliy masalalar ko‘riladi. Deputat Shohrux Hasanovning vakolatini muddatidan avval tugatish, shu munosabat bilan axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash doimiy komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalasi ham kun tartibiga kiritilgan. 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM