75-sessiya: Deputatlar tarkibida o‘zgarish

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining 75-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda tuman prokuraturasining qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi 2022-yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berildi.
Qayd etilishicha, tuman prokurorining qaror va taqdimnomasi asosida 121 nafar shaxslar intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilgan. Noqonuniy qarorlarga 59 ta protest keltirilgan. Sudlarga 950 million so‘mlik 42 ta da’vo arizalari kiritilgan.
– O‘tkazilgan tekshiruv va tergov jarayonida 4,6 milliard so‘mlik zararlarning budjetga undirilishi ta’minlandi, – dedi tuman prokurori Jamshid Ahmedov. – Qo‘pol qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 35 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Afsuski, ayrim mas’ullarning noxolisligi oqibatida nochor, ehtiyojmand yurtdoshlarimiz haqiga qo‘l uzatish holatlari ham uchrab turibdi. Masalan, “Ayollar daftari”ni shakllantirish jarayonida o‘ziga to‘q 14 nafar xotin-qizlar qonunchilikka zid ravishda ro‘yxatga olingan. Natijada, 15 million so‘mlik moddiy yordam pullari maqsadsiz sarflanishiga yo‘l qo‘yilgan. Holat yuzasidan tuman hokimligiga taqdimnoma kiritilib, 7 nafar xotin-qizlar faolllari intizomiy javobgarlikka tortildi. Bunday misollar boshqa yo‘nalishlarda ham uchrayotgani kishini tashvishga soladi.
Sessiyada tumanlararo iqtisodiy sud tomonidan odil sudlov borasida amalga oshirilgan ishlar ham tahlil qilindi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish, hududdagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha yil davomida amalga oshirilgan muhokama etildi.
Kun tartibi bo‘yicha majburiy ijro byurosi hamda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi rahbarlari axborot berdi.
Deputatlar muhokamasidan so‘ng Qo‘rg‘onsolomon okrugidan saylangan deputat Shohrux Hasanovning vakolati muddatidan avval tugatildi hamda tuman hokimi o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tasdiqlandi.
Shuningdek, Akram Sa’dullayev tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tasdiqlandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM