80 nafar o‘quvchi “Vatan tayanchi” harakatiga a’zo bo‘ldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Barkamol avlodni tarbiya qilish uchun avvalo, ular qalbiga Vatanga muhabbat ruhini singdirish talab etiladi. Joylarda o‘tkazilayotgan harbiy-vatanparvarlik tadbirlaridan ko‘zlangan maqsad ham shu. 

Tumanimizning bir qator maktablarida chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv mashg‘ulotlari sifatli tashkil etilgani bu boradagi ishlar samarasidan darak beradi. Yoshlarimiz sport, ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik, nazariy bilimlar borasida yuqori natijalarga erishayotgani esa quvonarlidir. Shunday o‘quvchilarimizdan 80 nafari Mudofaa vazirligining “Vatan tayanchi” ko‘krak-nishoni bilan mukofotlandi.

Taqdirlash marosimida mudofaa ishlari bo‘limi rahbari, podpolkovnik Bahriddin Jo‘rayev ishtirok etib, yurtimizda yuksak salohiyatli avlod tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritdi. Kelajak avlod orasidan Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkardalar, Vatan himoyachilari yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘krak-nishoni o‘z egalariga topshirildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM