“O‘zLiDep” faollari ikki muhim mavzuda kengashdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman kengashida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi deputatlik guruhining faxriylar kengashi bilan qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ismoiljon Raupov mahallalar kesimida huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan hisobot berdi.
Qayd etilishicha, tumanimizda mavjud 38 ta mahalladan 13 tasida jinoyatchilik oshgan. Shuningdek, 34 foiz mahallalar jinoyatchilik yuqoriligicha qolayotgan sariq toifaga kiritilgan. Ushbu holat deputatlar tomonidan tanqid qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Ishchi yig‘inda avtomobil yo‘llari holatini yaxshilash va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Yo‘llardan foydalanish bo‘limining harakat xafsizligi bosh mutaxassisi Bahodir Tovboyev hamda obodonlashtirish bo‘limi vakili Donaqul Qurbonov axborot berdi.   
Umumfoydalanish uchun yangi yo‘llar qurish va rekonstruksiya qilish, xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, aholi punktlariga eltadigan ko‘chalarni zamonaviy qiyofaga keltirish, yo‘l xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish quvvatini yangilash, sohaga innovatsion uslublarni olib kirish bugungi kunning dolzarb vazifalari sanaladi. Kun tartibida ham masalaning ushbu jihatlari tahlil qilinishi ko‘zda tutilgandi. Ammo axborot beruvchilarning mavzuga puxta tayyorgarlik ko‘rmagani, deputatlar tomonidan berilgan savollarga aniq javob berolmagani oydinlashdi. Ushbu masalani xalq deputatlari tuman kengashi sessiyasiga kiritilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM