DSI: Fevral oyida o‘sish kuzatildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

2023-yilning fevral oyida tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari sa’y harakati bilan 7,4 milliard so‘mlik tushum ta’minlandi. Natijada o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 125,4 foiz o‘sishga erishildi.

Jumladan, mahalliy yer va mol-mulk soliqlariga 2022-yil yanvar oyida 0,5 milliard so‘mlik tushum ta’minlangan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 3 baravarga oshib, 1,4 milliard so‘mni tashkil etdi. Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha tushum 115 foizga o‘sdi.

Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida yordam berish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 714 ta tadbirkorlik subyekti o‘rganilib, 685 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlangan.

Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 343 ta, “e-ijara” tizimi bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha 47 ta, “e-aktiv” tizimi bo‘yicha 49 ta, “e-imtiyoz” tizimi bo‘yicha 51 ta, amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. 2020-yil 8-iyunda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini-o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori bu borada muhim hujjat bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi. 2023-yilning fevral oyida tumanda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 1281 nafarni tashkil etdi.

Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Tuman davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar soliq to‘lovchilarga ko‘mak berishga har doim tayyor. Soliq to‘lovchilar muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzil orqali bemalol murojaat qilishi mumkin.

Baxtiyor BARATOV,

davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM