Tumanimizda epidemiologik vaziyat barqaror

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab qizamiq va qizilcha xastaligi ommalashmoqda. Qayd etilishicha, 150 dan ortiq mamlakatda epidemiologik vaziyat murakkab. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 2022-yil holatiga dunyo bo‘yicha 155 ming inson qizamiqqa chalingan. Joriy yilning o‘tgan davrida faol surishtiruvlar natijasida respublikamizda ham 37 nafar bemor ro‘yxayga olindi. 

Murakkab epidemiologik vaziyatning oldini olish maqsadida tumanimizda 2022-yilning 16-noyabridan 30-dekabriga qadar 6 oylikdan 5 yoshgacha go‘daklar ommaviy emlangan. Natijada, 98,6 bolalar emlash bilan qamrab olingan. Hozirgi kunlarda emlash ishlari davom ettirilyapti. Mavjud 13 ta emlash punktida qizamiq va qizilcha kasalligiga qarshi vaksina zaxirasi yaratilgan. 

Hududimizda epidemiologik vaziyat barqaror va to‘liq nazoratda.

Musavvar NAJIBOYEVA,
sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi shifokori.
Nigora RAHMATULLAYEVA, 
ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hamshirasi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM