Uchinchi renessans bunyodkorlari

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Joriy o‘quv yilida 40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining turli fanlardan milliy va xalqaro sertifikat olgan o‘quvchilari soni 12 nafarga yetdi.

Shu kunga qadar 11-sinf o‘quvchilari Marjona Karimova, Sarvarbek Yo‘ldoshev hamda 9-sinf o‘quvchisi Ruxshona Ummatova “B2” darajali milliy sertifikat, shuningdek, 10-sinf o‘quvchilari Mohinur Islomova va Charos Abdurasulova “B2” darajali “IELTS” sertifikati sohibiga aylangandi.

Bilim va malakalarni baholash agentligida 12-may kuni o‘tkazilgan imtihon natijalariga ko‘ra yana 5 nafar o‘quvchimiz ingliz tili fanidan milliy va xalqaro sertifikat egasi bo‘lishdi. Ulardan 10-sinf o‘quvchilari Sevinch Ismatullayeva “IELTS”dan, Ra’no Mansurova “SEFR”dan “C1” daraja qayd etgani quvonarlidir.

Bundan tashqari, 11-sinf o‘quvchisi Madina Furqatova, 9-sinf o‘quvchisi Nursaid Qodirov milliy, Zafar Abulqosimov “IELTS” sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Tabiiy fanlar yo‘nalishidagi iqtidorlar soni oshib borayotgani e’tiborga molik. Jumladan, kimyo va biologiya fanlaridan Gulyuz Ismoilova birvarakayiga 2 ta milliy sertifikat olgani fikrimiz tasdig‘idir.

Iyun oyida ham 5 nafar o‘quvchimiz imtihonda ishtirok etishi kutilmoqda.

Shohista NAMOZOVA, 

40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktori, tuman kengashi deputati. 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM