Aholi bandligini ta’minlash yangi bosqichga ko‘tariladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham bu boradagi ishlarni yangi pog‘onaga olib chiqish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.

Jumladan, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amaliyotga tatbiq etilishi aytildi. Topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizda seminar va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbir “Amin invest international” qo‘shma korxonasida tashkil etildi.
Amaliy seminarda tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat bo‘limi boshlig‘i Sunnatullo Abdusaidov hamda “Sanoatqurilishbank” viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bekmurod Qudratov, mahallalardagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari qatnashdi.
Tuman hokimi Qayum Sobirov so‘zga chiqib, aholi bandligini ta’minlashda “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturining ahamiyatiga to‘xtaldi. Tadbirkor va xodimlar uchun soliq imtiyozlari yuzasidan batafsil tushuncha berildi. Ishtirokchilar hududlarda dasturni samarali ro‘yobga chiqarish yuzasidan tayyorlangan maqsad-rejalar taqdimoti bilan tanishishdi.
Seminarda ishtirok etgan yosh mutaxassislar, ishsiz xotin-qizlar uchun “Amin invest international” qo‘shma korxonasi ish jarayoni tanishtirildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM