Ajalga yetaklovchi quduqlar

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Samarqand suv ta’minot” DUK e’tiboriga!

Shom mahali telefon bo‘ldi. Hamkasbim ekan. Tanishlarimizdan biri qazo qilganini aytib qoldi. Birga o‘tib keldik. Eshitishim bo‘yicha, marhum do‘stimiz ishdan qaytayotganda “kolodest” ichiga tushib ketibdi. Olgan tan jarohati jiddiy bo‘lgani uchun, shifokorlar ham hayotini saqlab qolisha olmapti.
Gapni nega bu voqeani eslash bilan boshlaganimni bilasizmi? Sababi, tumanimiz markazida ham shu kabi qopqoqsiz quduqlar talaygina. Jumladan, Ahmadjon Qurbonov, Shodlik ko‘chalarida 2 tadan quduqning qopqog‘i yo‘q. Yo‘qolganiga ko‘p oylar bo‘ldi. E’tiborlisi, shu hududa 46-umumta’lim maktabi joylashgan. Yosh bolalar o‘yinqaroqlik qilib, tushib ketsa, nima bo‘ladi? Tasavvur qilishga ham qo‘rqadi kishi.
Bu masala mas’ul shaxslarni negadir qiziqtirmayapti. Aks holda, bu muammo allaqachon bartaf etilgan bo‘lardi.
Shu o‘rinda mas’ullarga estlatma: “Kolodest”ning ichiga tayoq tiqib, qizil latta bog‘lab qo‘yish muammoga yechim bo‘lmaydi.

Orifjon ODILOV.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM