Sektorlar faoliyati sessiya muhokamasida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining 85-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan 1- va 3-sektor faoliyati tahlil qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarmida 1-sektor hududida istiqomat qiluvchi 123 ta og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi oila “Temir daftar”ga kiritilgan. Ularning daromad manbaini shakllantirish va shu orqali kambag‘allik toifasidan chiqarish maqsadida tizimli ishlar tashkil etilmoqda. Jumladan, 41 ta oilaga 44 million so‘m evaziga 2300 bosh parranda tarqatilgan. Shuningdek, 16 ta oilaga davolanish va boshqa harajatlar uchun 41 million so‘mlik moddiy yordam berilgan. Nogironligi bo‘lgan 6 nafar fuqaroga 7 million 100 ming so‘mlik reabilitatsiya texnik vositalar ajratilgan. Bundan tashqari, “Temir daftar”ga kiritilgan 16 ta oilaga 165 million 300 ming so‘m mablag‘ evaziga quyosh panellari o‘rnatib berilgan.

3-sektor hududida esa joriy yilning o‘tgan davrida 934 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga yordam ko‘rsatilgan. Jumladan, 445 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar ishga joylashtirilib, 50 nafari tadbirkorlikka o‘qitilgan, imtiyozli kredit ajratilgan.

Bundan tashqari, 216 nafar yigit-qizlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Bugungi kungacha 170 nafariga 507,8 million so‘m evaziga yordamlar ko‘rsatilgan.

Sessiya davomida tumanlararo iqtisodiy sud hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sud tomonidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Sanitar-epidemiologik holat, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqilishi yuzasidan axborot berildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM