86-sessiya: Olti oyda 801 nafar yigit-qizlarga turli darajada yordam ko‘rsatilgan

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining sakson oltinchi sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimi Qayum Sobirov axborot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga 823 million so‘m mablag‘ kelib tushgan. Turli toifalar bo‘yicha 801 nafar yigit-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko‘rsatilgan va “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan.

Jumladan, 382 nafar yoshlar doimiy va jamoat ishlariga joylashtirilgani, 33 nafariga asbob-uskuna va mehnat qurollari ajratilgani, 132 nafarining oliy ta’limda o‘qishi uchun to‘lov-shartnoma badallari to‘lab berilgani ta’kidlandi. Bundan tashqari, bir guruh yoshlar kasb-hunarga o‘qitilgan, ularning talab va istaklaridan kelib chiqib, kredit hamda yer maydonlari ajratilgan.

Sessiyada xalq qabulxonasi mudiri Hamza To‘rayev mahallalardagi hokim yordamchilarining faoliyat samaradorligi mavzusida axborot berdi. Jumladan, eng muhim samaradorlik ko‘rsatikichi (KPI) bo‘yicha raqamlar ochiqlandi. Unga ko‘ra, tumanimizdagi 38 ta mahalla hokim yordamchilarining umumiy natijasi 100 ballik mezonga nisbatan 68,57 balni tashkil etgan. Bunda Tut, Qo‘lbosti, Qangli, Saroy, Shirinkent mahallalaridagi hokim yordamchilari ayniqsa, qoniqarsiz ish olib borgani keskin tanqid qilindi.

Shuningdek, tadbirda davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sardor Majidovning axboroti eshitildi.

Ta’limda sifat-samaradorlikni oshirish, birinchi yarim yillikda olib borilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar tahlil qilindi.

Nomsiz ko‘chalarga nom berish yuzasidan hokim maslahatchisi Asqar Qurbonovning hisoboti taqdim etildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM