
Tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar ishlari bo‘limi tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yinlarining kuzgi mavsumi boshlandi. Turnir doirasidagi birinchi bellashuvida 4 ta sektor hududidagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari kuch sinashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 2-sektor jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Yulduz MUHAMMADIYEVA.