Ayg‘irbuloq qayta ko‘z ochadi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimiz tabiat nodirliklariga boy hudud sanaladi. Ayniqsa, shifobahsh buloqlar bu zaminda ko‘p. Shunday so‘lim maskanlardan biri Qo‘rg‘onsolomon mahallasida joylashgan. Bir-biriga qarama-qarshi joylashgan Ayg‘irtepa va Ayg‘irbuloq haqida turli rivoyatlar mavjud. Bu yer o‘tgan asrning 80-yillarida xalq sayllari o‘tkaziladigan bahavo maskan bo‘lgan. Keyingi yillarda ushbu tabiiy suv manbayi e’tibordan chetda qolmoqda.

Tuman hokimi Qayum Sobirov qishloqda bo‘lib, faollar bilan uchrashdi. Buloq atrofini so‘lim maskanga aylantirish, hududni obodonlashtirish masalasi muhokama etildi. Aniq loyiha yaratilishi, xomiylar jalb etgan holda saylgohga aylantirilishi belgilandi.

– Ushbu maskanni xalqimiz e’zozlashi bejiz emas, – deydi mehnat faxriysi Qahramon Tilovov. – Buloq suvi shifobaxsh, unda noyob baliq turlari ham makon tutgan. Bunyodkorlik ishlarida faollar ham bosh-qosh bo‘lib, xashar uyushtirmoqchimiz.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM