70 million so‘mlik qarz qamoqqa yetakladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi ish yurituviga jomboylik B.A.dan sobiq turmush o‘rtog‘i O.L. foydasiga ikki farzand ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan.

Bu haqida sud qarori 2015-yilning noyabr oyida chiqqan bo‘lishiga qaramay, yillar davomida ota o‘z majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlab kelgan. Natijada, qarzdorlik hajmi 70 million so‘mdan oshib ketgan. Qarzdorga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-(4)-moddasi asosida  ish qo‘zg‘atilib, 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Hasan BOZORBOYEV,
davlat ijrosi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM