Ona va bola sog‘lig‘i jamiyatdan ulkan mas’uliyat talab etadi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ona va bola sog‘ligini mustahkamlash, reproduktiv salomatlikni saqlash, oilada tibbiy madaniyatni oshirish mavzusida kengaytirilgan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda erta tug‘ruq va erta turmush holatlarining oldini olish, “Ayollar daftari”ning to‘rtinchi bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi tahlil qilindi.

Tadbirda so‘zga chiqqan “Oqila ayollar” harakati yetakchisi H.O‘sarova ona va bola sog‘lig‘ini mustahkamlashda xotin-qizlar faollari va patranaj hamshiralarining hamkorligi sezilmayotganini ta’kidladi.

Shu bilan birgalikda muammoli, notinch xonodonlarda olib borilayotgan ishlar yetarli samara bermayotgani aytildi.

Tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori T.Xoliqova bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun rejali chora-tadbir zarurligini bildirib, aniq takliflarni o‘rtaga tashladi.

Jumladan, ona va bola sog‘ligini ijtimoiy muhofoza qilish, homilodor ayollar bilan yakka tartibda ishlash, o‘smir qizlarni o‘z vaqtida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish borasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi, bu borada manzilli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi belgilandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM