
Prezidentimizning “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazilmoqda. Xususan, tuman kengashi deputatlari maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tomonidan o‘tgan olti oyda bajarilgan ishlarni tahlil qilishdi. Kelgusidagi vazifalar bo‘yicha takliflar berildi.