87-sessiya: Tuman hokimi asosiy rejalar bo‘yicha hisobot berdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining sakson yettinchi sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar mavzusida tuman hokimi Qayum Sobirov hisobot berdi.
Qayd etilishicha, tumanda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 416 taga yetgan. Xizmat va savdo obyektlari esa so‘nggi besh yilda 3,4 barobarga o‘sib, 1436 tani tashkil etmoqda.
O‘tgan yil 52,4 million AQSH dollarlik eksport amalga oshirilgan bo‘lsa, joriy yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 71,2 million dollarga yetkazish maqsad qilinmoqda.
Tumandagi 38 ta mahallada 39,7 ming xonadon, 41,6 ming oila mavjud bo‘lib, shundan 6,2 mingtasi kam daromadli oilalar hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, tumanda kambag‘allik darajasi 14 foizni tashkil etmoqda.
– Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 8 foizga tushirishni reja qilyapmiz, – dedi hokim. – Buning uchun, avvalo aholi bandligini ta’minlashimiz zarur. Bugungi kunda, tumanda mehnat resurslari 95,3 ming nafarni tashkil etib, iqtisodiy faol aholi qariyb 72,3 ming nafar hisoblanadi. Shundan 65,6 mingi ish bilan band. Yil boshida ishsizlar soni 6,7 ming nafarni, ishsizlik darajasi
9,2 foizni tashkil etgan. O‘tgan 7 oy davomida ularning 5,7 ming nafardan ortig‘i daromadli mehnat bilan ta’minlangan.
Ta’kidlanishicha, 524 nafar ishsizlar investitsiya dasturi doirasida tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga doimiy ishga joylashtirilgan. Hokim yordamchilari tavsiyasi bilan tadbirkorlik tashabbusi bor 1,3 ming aholiga qariyb 23,3 milliard so‘m kreditlar ajratilgan. Dehqonchilik qilish uchun 1734 nafar aholiga 418,9 gektar ekin maydonlari ijaraga berilgan.
Tadbirda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil qilindi. “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi yuzasidan axborot beriladi.
Bundan tashqari, majburiy ijro byurosining olti oylik faoliyati, mahalliy budjetining olti oylik ijrosi deputatlar muhokamasiga kiritildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM