Tumanimizda “Xavfsiz tun” tadbirlari o‘tkazilmoqda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbir avvalida xizmat oldi yo‘riqnomasi tashkil etilib, viloyat prokurori o‘rinbosari A.Zokirov, tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etdi. Xizmat xodimlariga fuqarolar osoyishtaligini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish borasida zarur ko‘rsatma va topshriqlar berildi.
Shundan so‘ng prafilaktika nozirlari, yo‘l-patrul xizmati, milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi, favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamda hamkor tashkilot vakillaridan iborat tarkib el osoyishtaligi yo‘lida xizmat vazifalariga kirishdi.
Tuman markazi va M-39 avtomobil yo‘lida transport xavfsizligi nazoratga olindi. Shuningdek, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va savdo markazlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan aholiga tushuncha berildi.
Mutasaddilar “qizil hudud” toifasiga kiritilgan Zarafshon va Ahmadjon Qurbonov mahallalarida bo‘lib, mahalla beshligi bilan suhbat o‘tkazishdi. Jumladan, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir doirasida probatsiya hisobida turgan, ozodlikdan cheklash jazosini o‘tayotgan, ma’muriy nazoratdagi shaxslar tekshirildi va ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM