Sarichashmaning suvi qadoqlanyapti

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

 

Sarichashma mahallasida ichimlik suvini qadoqlash tarmog‘i yo‘lga qo‘yildi. Qiymati 1 million 200 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Sir emas, toza ichimlik suviga yildan-yilga talab ortib bormoqda. “Sarichashma invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati ana shu talabni qondirishga qaratilgan yangi loyihadir.

Korxonaning faoliyat boshlaganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Bu yerda gazlanmagan ichimlik suvni chiqarilyapti. Yaqin vaqt ichida gazlangan suv qadoqlash tarmog‘i ham ishga tushadi.

– Ichimlik suvi yuz metr chuqurlikdan olingach, sakkiz bosqichli filtrdan o‘tkaziladi, – deydi jamiyat ish boshqa­ruvchisi Sanjar Majidov. – Ushbu filtrlar tosh, qum, ko‘mir va turli bakteriyalarni ushlab qoladi. Shundan so‘ng iste’mol uchun foydali minerallar bilan boyitiladi.

Ichimlik suvi qadoqlangach, ikki sutka davomida ­omborxonada saqlanar ekan. Chunki qadoqlangan suvning saqlash muddatini oshirish va zararsizlantirish uchun qo‘shilgan azon moddasi ikki kundan so‘ng tarqab ketadi. Shundan so‘ng sotuvga chiqariladi.

Korxonada o‘n kishining bandligi ta’minlangan. Soatiga ­3 ming donagacha ichimlik suvi qadoqlanmoqda. Mahsulotning asosiy qismi qo‘shni viloyatlarga sotilyapti. Korxona to‘liq quvvatda ish boshlagach, bu ko‘rsatkich yana ikki barobarga oshadi.

Ahror SHAMSIYEV.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM