Uzunovulda 100 oila uyli bo‘ldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalqimizga munosib turmush sharoitlari yaratish davlatimiz siyosatining bosh maqsadi hisoblanadi. Shu ma’noda xalqimizning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish ham muhim vazifalardan biridir.
Joriy yilning o‘tgan davrida Katta qishloq, Ahmadjon Qurbonov, Shodlik mahallalarida 6 ta zamonaviy ko‘p qavatli uylar barpo etildi. Natijada, 150 ta oila Vatan ichra mo‘jaz Vatanga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, yil yakuniga qadar Katta qishloq mahallasida 60 kvartirali 3 ta, Shodlik mahallasida 60 kvartirali 1 ta, Ahmadjon Qurbonov mahallasida 40 kvartirali 1 ta uy-joylar qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.
Uzunovul massivida o‘tkazilgan bayramona tadbir ushbu xayrli ishlarning navbatdagisi bo‘ldi, desak mubolag‘a emas. Hududda barpo etilgan 100 xonadondan iborat 5 ta turar-joy binosi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy, barcha qulayliklarga ega uylar aholiga ipoteka va subsidiya shartlarida ajratilgan.
Tadbirda tuman hokimi va sektor rahbarlari, nuroniylar, jamoat faollari qatnashdi. Tantana doirasida 10 nafar bolajonlarning sunnat to‘yi ham o‘tkazildi. Ularga homiylarning esdalik sovg‘alari berildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM