Tumanimizda saxovat va sarhisob tadbiri

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi tashabbusi bilan tumanimizda amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda 16 ta shahar va tuman bosh imom-xatiblari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi. Shuningdek, mahalla markazlarida yoshlar bilan ma’rifiy suhbatlar tashkil etildi. Tumanimizda mavjud 7 ta masjid faoliyati tahlil qilindi.

Seminar so‘ngida Avliyo Qoraxon bobo masjidida sarhisob yig‘ilishi o‘tkazildi. O‘rganilgan muammolar, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama etildi. Mehmonlarga tumanimizda nashr etilgan adabiy-ma’rifiy asarlar sovg‘a qilindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM