Ovchilar IIBda jamlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ichki ishlar bo‘limida ov qurollari bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish mavzusida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda tumanimizda ro‘yxatga olingan ovchilar, fuqaroviy o‘qotar quroliga egalik qiluvchi shaxslar qatnashdi.

Ichki ishlari bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik G‘.Mamatov so‘zga chiqib, mavzuga doir qonunchilikdagi o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini tushuntirdi.

Jumladan, ov qurolini saqlash tartibi, sharoitlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
 
Viloyat jamoat tartibini saqlash boshqarmasi inspektori, podpolkovnik T.Qo‘ziboyev “Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomolasi sohasida lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori yuzasidan so‘zga chiqdi. Yangi me’yorlar mazmuni ovchilarga to‘liq yetkazildi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM