9 oyda 2057 nafar xotin-qizlar bandligi ta’minlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Respublika ishchi guruhi tomonidan tumanimizda xotin-qizlar muammosini aniqlash, bandligini ta’minlash, namunaviy ko‘cha, obod xonadon tamoyili asosida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

Qayd etish joizki, joriy yilning o‘tgan davrida 5278 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, 99,8 foiziga turli yordamlar ko‘rsatilgan. Jumladan, 257 nafariga imtiyozli kredit ajratilgan, 84 nafariga uy-joy ta’miri uchun qurilish materiallari berilgan. Bundan tashqari, tizim orqali kelib tushgan 238 ta murojaat ijobiy hal etilgan.

Bundan tashqari, so‘nggi 9 oyda 2057 nafar xotin-qizlar bandligi ta’minlangan bo‘lib, ajrim yoqasiga kelib qolgan 73 ta oila yarashtirilgan.

O‘rganish davomida sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan taklif va ko‘rsatmalar bildirildi. Jumladan, yuqori sinf o‘quvchilariga “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida suhbatlar tashkil qilish, oilaga uchinchi shaxs aralashuvining oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlarni jamoatchilik ishtirokida tanqidiy muhakama qilish taklif etildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM