Odil sudlov bosh qomusimizning asosiy tamoyilidir

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Konstitutsiyamizning 55-moddasida har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan.

Shuningdek, hech kim rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.

Shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakl.

Huquqbuzarlik sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni huquqbuzarlikning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi shart.

Konstitutsiya 21-moddasiga ko‘ra shaxsga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.

Qonunchilik deganda, nafaqat qonun hujjatlari, balki qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar ham nazarda tutiladi.

Shuningdek, Konstitutsiyaning 28-moddasi talablariga muvofiq, aybdorlikka oid barcha shubhalarni bartaraf qilishning imkoni yo‘qligi shaxsni aybsiz deb topishga asos bo‘ladi.

Shaxsning o‘z aybini tan olgani uning aybi sudda tekshirilgan boshqa dalillar bilan isbotlangan taqdirdagina ayblov hukmi chiqarilishiga asos bo‘la oladi.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas, istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanadi. O‘zi va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur ham emas.

Konstitutsiyada mustahkamlangan shaxsiy huquq va erkinliklarni hamda qonunlarda belgilangan tartiblarni buzgan holda yoxud qonunlarda nazarda tutilmagan harakatlar natijasida to‘plangan dalillar qonunni buzgan holda olingan dalillar, deb e’tirof etiladi.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari to‘g‘risida xabardor qilinishini, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarning so‘roq qilinishini talab etish huquqiga ega.

Ushbu normalar yangi tahrirdagi Kontitutsiyamizda odil sudlovga oid qonunchilik naqadar adolatli va insonparvarlik tamoyiliga asoslanganidan dalolatdir.

Abdusattor ABDURAZZOQOV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM